Jahon | 15:52 / 21.03.2021
5316
1 daqiqa o‘qiladi

Netanyaxu Tel-Avivdan Makkaga aviaqatnovlarni yo‘lga qo‘yishni va'da qildi

Bundan tashqari, u bosh vazirlikka qayta saylangan taqdirda Isroil va Saudiya Arabistoni o‘rtasidagi munosabatlarni yaxshilashiga ham ishora qildi.

Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyaxu falastinliklarga 23 martda qayta saylanadigan bo‘lsa Tel-Avivdan Makka shahriga aviaqatnovlar tashkil etishni va'da qildi. U bu haqda Kanal 13 telekanaliga bergan intervyusida aytdi.

«Qayta saylanadigan bo‘lsam, Tel-Avivdan Makkaga to‘g‘ridan to‘g‘ri aviaqatnovlarni tashkil etaman», - dedi Netanyaxu.

Bundan tashqari, u bosh vazirlikka qayta saylangan taqdirda Isroil va Saudiya Arabistoni o‘rtasidagi munosabatlarni yaxshilashiga ham ishora qildi.

Netanyaxu 16 mart kuni Ynet telekanaliga bergan intervyusida Isroil yana to‘rt mamlakat bilan munosabatlarni yaxshilashi to‘g‘risida aytgandi.

Дилшод Аскаров
Tayyorlagan Дилшод Аскаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid