Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AQSh Putinning Bayden bilan jonli efirda suhbatlashish taklifini rad etdi
18 mart kuni Rossiya prezidenti Vladimir Putin AQSh prezidenti Jo Bayden bilan jonli efirda suhbatlashmoqchi ekanligini aytgandi.
AQSh Rossiya prezidenti Vladimir Putin va Amerika yetakchisi Jo Bayden o‘rtasida to‘g‘ridan to‘g‘ri efirda suhbatlashish haqidagi taklifni rad etdi. Bu haqda Rossiya tashqi ishlar vazirligi xabar berdi.
«Amerika tomoni Rossiya prezidenti V. Putinning AQSh prezidenti J. Bayden bilan 19 yoki 22 mart kuni ikki tomonlama muammolarni muhokama qilish uchun ochiq rejimda videoanjuman shaklida suhbatlashish to‘g‘risidagi taklifini rad etganini afsus bilan ma'lum qilamiz», — deyiladi Rossiya TIV xabarida.
18 mart kuni Rossiya prezidenti Vladimir Putin AQSh prezidenti Jo Bayden bilan jonli efirda suhbatlashmoqchi ekanligini aytgandi.
Rossiya prezidentining fikricha, uning Bayden bilan "to‘g‘ridan to‘g‘ri ochiq bahsi" ikki mamlakat xalqlari uchun ham, boshqa davlatlar uchun ham qiziq bo‘ladi.
Shundan so‘ng Oq uy matbuot kotibi Jyen Psaki Bayden 19 mart kuni juda band bo‘lishini ma'lum qildi.
Mavzuga oid
08:29 / 18.06.2026
Putinga yaqin deb hisoblangan biznesmen qamoqqa olindi
10:45 / 16.06.2026
Zelenskiy Putinga G7 sammitida uchrashuv o‘tkazishni taklif qildi
08:59 / 15.06.2026
Zelenskiy G7 sammitida Tramp bilan uchrashishini ma’lum qildi
10:02 / 13.06.2026