Inshootlar seysmik mustahkamligini ta'minlash konsepsiyasi tasdiqlanadi

Vazirlar Mahkamasining “Seysmologiya, inshootlarning seysmik mustahkamligini va seysmik xavfsizlikni ta'minlash sohasini 2030 yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi qarori loyihasi e'lon qilindi.
Qayd etilishicha, qaror loyihasi prezidentning “O‘zbekiston Respublikasi aholisi va hududining seysmik xavfsizligini ta'minlash tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2020 yil 30 iyuldagi PQ–4794-son qarori ijrosini ta'minlash maqsadida ishlab chiqilgan.
Fanlar akademiyasi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Qurilish vazirligining Seysmologiya, inshootlarning seysmik mustahkamligini va seysmik xavfsizlikni ta'minlash sohasini 2030 yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risidagi taklifi berilgan va uni tasdiqlash taklif qilingan.
Bundan tashqari:
Seysmologiya, inshootlarning seysmik mustahkamligini va seysmik xavfsizlikni ta'minlash sohasini 2030 yilgacha rivojlantirish konsepsiyasi hamda konsepsiyaning maqsadli ko‘rsatkichlari va indikatorlari;
Seysmologiya, inshootlarning seysmik mustahkamligini va seysmik xavfsizlikni ta'minlash sohasini 2030 yilgacha rivojlantirish konsepsiyasida belgilangan vazifalarni amalga oshirish bo‘yicha “Yo‘l xaritasi”ni tasdiqlash taklif qilingan.
Konsepsiya O‘zbekistonda seysmologiya, inshootlar seysmik mustahkamligini va seysmik xavfsizlikni ta'minlash sohasini rivojlantirishning strategik maqsadlari, ustuvor yo‘nalishlari, vazifalari, o‘rta va uzoq muddatli istiqboldagi rejalarini belgilaydi hamda sohaga oid dasturlar va kompleks chora-tadbirlar ishlab chiqish uchun asos bo‘ladi.
Seysmologiya, inshootlar seysmik mustahkamligini va seysmik xavfsizlikni ta'minlash sohasidagi davlat siyosati mamlakat, mintaqalar va tarmoqlar bo‘yicha dasturlarni muvaffaqiyatli amalga oshirishni ta'minlash maqsadida innovatsiyalar, investitsiyalar va ilmiy-texnik resurslardan samarali foydalanish orqali tarmoq salohiyatini oshirishga yo‘naltirilgani aytiladi.
Konsepsiya jahon tendensiyalarini o‘rganish asosida seysmologiya, inshootlar seysmik mustahkamligi va seysmik xavfsizlik sohasidagi 2030 yilgacha rivojlantirish maqsadlari va vazifalarini isloh qilish yo‘nalishlarini belgilaydi.
Tavsiya etamiz
Qaysi toifadagi talabalardan o‘qishni tugatguncha granti olib qo‘yilmaydi?
O‘zbekiston | 11:26 / 07.06.2025
Milliy jamoa a’zolariga BYD avtomobillari topshiriladi
Sport | 16:14 / 06.06.2025
Tramp va Mask ochiqchasiga urishib ketdi
Jahon | 12:05 / 06.06.2025
Yangi Toshkent qanaqa bo‘ladi? Bosh arxitektor va mas’ul shaharsoz bilan suhbat
O‘zbekiston | 17:07 / 05.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
O‘zbekistonliklar turistik maqsadda eng ko‘p qaysi davlatlarga chiqmoqda?
O‘zbekiston | 08:20
-
Kaliforniya rasmiylari Trampdan Milliy gvardiyani chaqirib olishni talab qildi
Jahon | 08:00
-
Shveytsariyadagi qishloqqa ko‘chib kelgan sayyohlarga 24 ming dollardan pul to‘lanadi
Jahon | 01:36
-
Xitoyda global pandemiyaga olib kelishi mumkin bo‘lgan yangi koronavirus aniqlandi
Jahon | 00:30
Mavzuga oid

21:09 / 26.02.2025
Fuqarolarning vijdon erkinligini ta’minlash va diniy sohadagi davlat siyosati konsepsiyasi tasdiqlandi

08:09 / 22.07.2024
O‘zbekistonda seysmik zaif bino-inshootlar soni ma’lum qilindi

12:48 / 14.06.2024
O‘zbekiston va Xalqaro seysmologiya markazi zilzilalar tahlili sohasida hamkorlik qiladi

14:19 / 10.06.2024