Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston xalqaro Islom akademiyasida 14 kunlik karantin e'lon qilindi
O‘zbekiston xalqaro Islom akademiyasida 14 kunlik karantin e'lon qilindi. 26 martdan 6 aprelga qadar o‘quv jarayoni masofaviy ta'limga o‘tkazildi. Bu haqda «Yuksalish» umummilliy harakati xabar berdi.
O‘zbekistonda mart oyi o‘rtalaridan boshlab koronavirusga chalinish holatlari yana ko‘paya boshlagach, bir qator ta'lim muassasalari vaqtincha yopildi yoki ta'limni masofaviy shaklga o‘tkazdi.
Bundan avvalroq O‘zbekiston davlat konservatoriyasining 4 nafar o‘qituvchi va 1 nafar talabasida koronavirus aniqlangani va OTM masofaviy ta'limga o‘tgani to‘g‘risida xabar berilgandi. Shuningdek, 25 mart kuni Toshkent moliya instituti va Toshkent transport universiteti talabalarida ham koronavirus aniqlangani sabab fakultet talabalari masofaviy ta'limga o‘tkazilgandi.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda 25 mart kuni 144 kishida koronavirus infeksiyasi tasdiqlandi. Sog‘liqni saqlash vazirligi ma'lumotiga ko‘ra, bu 2021 yildagi yangi antirekord hisoblanadi.
Mavzuga oid
20:49 / 29.05.2026
Rossiya O‘zbekistonning 10 ta korxonasiga sabzavot va mevalarni olib kirishni taqiqladi
08:45 / 20.05.2026
O‘simliklar karantini agentligi direktori yangi vazifaga o‘tdi
19:09 / 11.05.2026
Rossiyada o‘zbek asalarilari ortilgan yuk mashinasi bir oydan beri qidirilmoqda
21:55 / 26.04.2026