Toşkent transport universitetining Aviatsiya transporti muhandisligi fakulteti 3-bosqiç talabasida COVID-19 kasalligi aniqlangan. Bu ma'lumotni Kun.uz manbasi tasdiqladi.

Kasallik tarqalişini çeklaş maqsadida Aviatsiya transporti muhandisligi fakulteti talabalari ikki haftalik muddatga onlayn ta'limga ötkazilgan. Ayni paytda Labzak dahasidagi fakultet joylaşgan öquv binosidagi barça xodimlar va talabalardan PZR testi olingan.

Fakultet talabalari ikki haftalik masofaviy ta'limga ötkazilgan.

Universitet matbuot xizmatining Kun.uz’ga ma'lum qilişiça, bu talaba institut yotoqxonasida yaşamagan. Ayni paytda bemor Zangiotadagi markazda davolanmoqda, ahvoli qoniqarli. Universitet jamoasi u bilan muntazam aloqada.

Bundan avvalroq, Toşkentning Olmazor tumani hududidagi talabalar şaharçasida joylaşgan yotoqxonalardan birida talabalar orasida, Toşkent şahridagi Inha universitetida, şuningdek, Andijon davlat universitetining 6 nafar xodimida koronavirus aniqlangani töğrisida xabarlar berilgandi.

SSV ma'lumotiga köra, 24 mart kuni Özbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 138taga oşib, 81 ming 816taga yetgan. Bu esa yil boşidan beri kuzatilgan rekord körsatkiçdir. Şuningdek, Toşkent şahrida kunlik kasallaniş körsatkiçlari sönggi oylarda ilk marta yuzdan oşdi.

Ayni paytda tibbiyot muassasalarida 1049 nafar bemor davolanmoqda, şundan 191 nafari oğir, 85 nafari esa öta oğir ahvolda.