O‘zbekiston | 10:09 / 27.03.2021
53683
2 daqiqa o‘qiladi
Koronavirus: O‘zbekistonda kunlik kasallanish holatlari soni 200ga yaqinlashdi
SSV matbuot xizmati 26 mart kuni O‘zbekistonning o‘nta hududida 186 nafar koronavirusga chalingan bemor aniqlangani haqida xabar berdi.
«2021 yil 26 mart holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 82146 (+186) nafarni tashkil etmoqda. Bu esa yil boshidan beri kuzatilgan rekord ko‘rsatkichdir», deyiladi xabarda.
Yangi kasallanish holatlarining:
- 1 nafari Andijon viloyatida,
- 7 nafari Buxoro viloyatida,
- 6 nafari Qashqadaryo viloyatida,
- 4 nafari Namangan viloyatida,
- 1 nafari Samarqand viloyatida,
- 2 nafari Sirdaryo viloyatida,
- 1 nafari Farg‘ona viloyatida,
- 4 nafari Xorazm viloyatida,
- 17 nafari Toshkent viloyatida,
- 143 nafari Toshkent shahrida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.
Shuningdek, 1 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etib, kasallikdan vafot etganlar soni 625 nafarga yetdi.
Kecha kun davomida:
- Toshkent viloyatida 18 nafar,
- Toshkent shahrida 94 nafar bemor tuzalib, kasallikdan sog‘ayganlar jami 80360 (+112) nafarga yetdi va sog‘ayish ko‘rsatkichi 98 foizni tashkil qilmoqda.
Ayni paytda tibbiyot muassasalarida 1161 nafar bemor davolanmoqda, shundan 191 nafari og‘ir, 85 nafari esa o‘ta og‘ir ahvolda.
Mavzuga oid
11:40 / 13.12.2022
O‘zbekistonda kunlik koronavirus statistikasi sezilarli pasaydi
10:54 / 07.12.2022
Toshkent shahrida bir kunda 100 dan ortiq kishida koronavirus aniqlandi
10:10 / 04.12.2022
Koronavirus: O‘zbekistonda kunlik holatlar soni fevraldagi darajaga qaytdi
11:15 / 02.12.2022