Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Abdulaziz Komilov Moskvaga boradi
O‘zbekiston delegatsiyasi MDH tashqi ishlar vazirlari kengashi yig‘ilishida ishtirok etadi.
Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov rahbarligidagi O‘zbekiston delegatsiyasi 2021 yil 1-2 aprel kunlari Moskva shahrida bo‘lib o‘tadigan Mustaqil davlatlar hamdo‘stligi tashqi ishlar vazirlari kengashining navbatdagi yig‘ilishida ishtirok etadi.
O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi xabariga ko‘ra, tadbir ishtirokchilari xalqaro kun tartibi hamda tashkilot doirasidagi hamkorlikning dolzarb masalalari yuzasidan fikr almashadi.
Shuningdek, amaldagi hamkorlik dasturlari hamda MDH davlat rahbarlari kengashi ko‘rib chiqishi uchun kiritiladigan yangi hujjatlar loyihalari muhokama qilinadi.
Avvalroq, Abdulaziz Komilov Tojikistonga tashrif buyurishi xabar berilgandi.