Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Volkswagen AQShda o‘z nomini Volswagen deb o‘zgartirmoqda
Yangi nom kompaniyaning elektromobillar ishlab chiqarishga e'tibor qaratganini bildiradi.
Volkswagen avtokonsernining Amerikadagi bo‘linmasi Volkswagen of America kompaniyasi may oyida o‘z nomini rasman Volswagen of America deb o‘zgartiradi.
Yangi nom elektr kuchlanishining o‘lchov birligini ifodalovchi «volt» so‘zidan olingan bo‘lib, kompaniyaning elektromobillar ishlab chiqarishga e'tibor qaratganini bildiradi.
Volswagen nomidan reklamalar, kompaniya sayti va ijtimoiy tarmoqlarda foydalaniladi.
Bundan tashqari, avtokonsern elektromobillari Volswagen deb yozilgan och havorang emblemaga ega bo‘ladi.
Volkswagen elektr transport ishlab chiqaruvchi dunyodagi eng yirik kompaniyaga aylanishni rejalashtirgan. Avtokonsern 2020 yilda 231 ming dona – bir yil avvalgiga nisbatan uch marta ko‘p elektromobil ishlab chiqargan. Volkswagen 2030 yilga borib 70ta modeldagi elektromobil ishlab chiqarishni rejalashtirgan.
Mavzuga oid
00:22 / 15.12.2025
Volkswagen o‘z tarixida ilk bor Germaniyadagi zavodini yopadi
09:13 / 31.10.2025
Volkswagen’ning bir chorakdagi zarari 1 milliard yevrodan oshdi
17:20 / 09.09.2025
Volkswagen sun’iy intellektga 1,2 mlrd dollar investitsiya kiritadi
09:08 / 01.09.2025