Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yevrokomissiya Polshani sudga berdi
Polshada sud tizimini isloh qilish to‘g‘risidagi qonun Yevrokomissiya va muxolifat tanqidiga uchragandi.
Foto: EPA-EFE/OLIVIER HOSLET
Yevrokomissiya sudyalar huquqi va sud tizimi mustaqilligi tamoyillari buzilgani uchun Polshani Yevropa adliya sudiga berdi. Bu haqda adliya ishlari bo‘yicha yevrokomissar Dide Reynders ma'lum qildi.
"Yevrokomissiya Polshada sudyalar huquqi va huquqiy davlatni himoya qilish bo‘yicha muhim qaror qabul qildi, Yevropa adliya sudiga Polshaga qarshi da'vo kiritdi", - dedi u.
Polshada sudyalarning siyosiy tusdagi harakatlari uchun intizomiy javobgarlikka tortilishini ko‘zda tutuvchi sud tizimini isloh qilish to‘g‘risidagi qonun Yevrokomissiya va muxolifat tanqidiga uchragandi.
Polsha oliy sudi mazkur islohot Polshaning Yevropa ittifoqidan chiqarib yuborilishiga olib kelishi mumkinligini bildirdi.
Mavzuga oid
09:03 / 11.05.2026
Orban himoya qilgan sobiq vazir AQShga qochib ketdi
10:10 / 21.04.2026
Fransiya va Polsha harbiy aloqa uchun sun’iy yo‘ldosh yaratadi
14:24 / 11.03.2026
Yevrokomissiya rahbari: atom energiyasidan voz kechish - “strategik xato”
11:21 / 28.02.2026