Yevrokomissiya sudyalar huquqi va sud tizimi mustaqilligi tamoyillari buzilgani uçun Polşani Yevropa adliya sudiga berdi. Bu haqda adliya işlari böyiça yevrokomissar Dide Reynders ma'lum qildi.
"Yevrokomissiya Polşada sudyalar huquqi va huquqiy davlatni himoya qiliş böyiça muhim qaror qabul qildi, Yevropa adliya sudiga Polşaga qarşi da'vo kiritdi", - dedi u.
Polşada sudyalarning siyosiy tusdagi harakatlari uçun intizomiy javobgarlikka tortilişini közda tutuvçi sud tizimini isloh qiliş töğrisidagi qonun Yevrokomissiya va muxolifat tanqidiga uçragandi.
Polşa oliy sudi mazkur islohot Polşaning Yevropa ittifoqidan çiqarib yuborilişiga olib kelişi mumkinligini bildirdi.












