Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Vobkent va Boyovut tumanlari IIBga yangi boshliqlar tayinlandi
Ichki ishlar vazirining shaxsiy tarkib bo‘yicha buyrug‘i bilan lavozim tayinlovlari amalga oshirildi. Bu haqda IIV Kadrlar bosh boshqarmasi xabar bermoqda.
Podpolkovnik Azimjon Yusupovich Xoliqov Buxoro viloyati IIB G‘ijduvon tumani bo‘yicha IIO FMB boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.
Tayinlovga qadar A.Xoliqov Buxoro viloyati IIB boshlig‘ining jamoat tartibini saqlash bo‘yicha o‘rinbosari lavozimida faoliyat yuritgan.
Podpolkovnik O‘ktamjon Yoriyevich Soyibov Buxoro viloyati IIB Vobkent tumani IIB boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.
Tayinlovga qadar O‘.Soyibov Buxoro viloyati IIB G‘ijduvon tumani bo‘yicha IIO FMB boshlig‘i v.b. lavozimida faoliyat yuritgan.
- 2020 yil avgustidan buyon Vobkent tumani IIB boshlig‘i lavozimida podpolkovnik Azizjon Rajabovich Ashurov ishlab kelayotgandi.
Podpolkovnik Jahongir Erkinovich Abramov Sirdaryo viloyati IIB Boyovut tumani IIB boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.
Tayinlovga qadar J.Abramov Sirdaryo viloyati IIB Terrorizm va ekstremizmga qarshi kurashish boshqarmasi boshlig‘ining o‘rinbosari-terrorizm va ekstremizmga qarshi kurashish bo‘limi boshlig‘i lavozimida faoliyat yuritgan.
- Boyovut tumani IIB boshlig‘i lavozimida shu vaqtgacha Husan Bekmurodov ishlab kelayotgandi.
Mavzuga oid
09:00 / 28.12.2025
2026 yilgi rejalar, yangi gaz koni va budjetning yopiq muhokamasi - hafta dayjesti
12:46 / 26.12.2025
IIV: yangi yil “sovg‘alari” orqali Telegram’da fishing va zararli havolalar ko‘paymoqda
20:37 / 23.12.2025
O‘zbekistonliklar 11 oyda kiberjinoyatlardan 1 trln 890 mlrd so‘m zarar ko‘rdi
19:13 / 23.12.2025