Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Birjada benzin narxi ko‘tarildi
O‘tgan hafta davomida, ya'ni 29 mart–4 aprel kunlari "O‘zbekiston respublika tovar-xomashyo birjasi" AJning barcha savdo platformalarida 1,4 trln so‘mlik tovarlar sotilgan bo‘lib, bu avvalgi haftaga nisbatan 11,9 foizga kam.
Birja savdolariga 33 222,0 tonna AI-80 markali avtomobil benzini qo‘yildi va ulardan 11 815,5 tonnasi, ya'ni 35,6 foizi sotildi. O‘tkazilgan savdolarda har kuni o‘rtacha 28 xaridor ishtirok etdi.
Ko‘rib chiqilayotgan davrda AI-80 markali avtomobil benzinining o‘rtacha kunlik narxi bir tonnasi uchun 6,27 mln so‘mdan 6,28 mln so‘mgacha, ya'ni 0,2 foizga ko‘tarildi.
Ko‘rib chiqilayotgan davrda AI-80 rusumli avtomobil benzinining o‘rtacha haftalik kotirovkasi 6,30 mln so‘mni, AI-91 – 7,44 mln so‘mni tashkil etdi.
Eslatib o‘tamiz, turli manbalarda keltirishicha avtomobil benzinining bir tonnasi o‘rtacha 1293-1370 litrni tashkil qiladi.
Mavzuga oid
22:18 / 05.07.2026
Iyunda sabzavotlar narxi tushdi, energiya va benzin qimmatlashdi - Statqo‘m
08:55 / 03.07.2026
Rossiya ichki bozorni ta’minlash uchun “Yevro-3” benziniga ruxsat berdi
17:41 / 02.07.2026
Qirg‘iziston Rossiyaning benzin eksportini taqiqlashi ortidan O‘zbekistondan yoqilg‘i so‘radi
15:24 / 01.07.2026