Jahon | 21:31 / 09.04.2021
8360
1 daqiqa o‘qiladi

Rossiya Turkiya bilan aviaqatnovlarni to‘xtatish masalasini muhokama qiladi

Manbaning so‘zlariga ko‘ra, Turkiya bilan aviaqatnovlarni to‘xtatish masalasi bu mamlakatdagi epidemiologik vaziyat bilan bog‘liq.

Foto: Nicole Tung / Bloomberg

Koronavirusga qarshi kurashish bo‘yicha tezkor shtab Rosaviatsiya, transport vazirligi va Rospotrebnadzor ishtirokida Turkiyaga parvozlarni cheklash masalasini muhokama qiladi. Bu haqda o‘z manbasiga tayanib RBK xabar berdi.

Manbaning so‘zlariga ko‘ra, Turkiya bilan aviaqatnovlarni to‘xtatish masalasi bu mamlakatdagi epidemiologik vaziyat bilan bog‘liq.

RBKning turizm sohasidagi manbasi ham bu xabarni tasdiqladi.

«Biz «London varianti»ga tayyorlanmoqdamiz: Turkiya bir oyga yopiladi yoki Turkiyadan qaytganlarga 14 kunlik karantin joriy etiladi», — dedi u.

Avvalroq Xitoy Turkiya bilan aviaqatnovlarni to‘xtatgandi.

Дилшод Аскаров
Tayyorlagan Дилшод Аскаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid