Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Javlon Jovliyev: O‘zbek ayoli faqat serial ko‘rib, yig‘lash uchun yaralmagan
Foto: KUN.UZ
Ijtimoiy tarmoqlarda ko‘plab shov-shuvlarga sabab bo‘lgan trend asar «Qo‘rqma» kitobining muallifi Javlon Jovliyev bilan suhbatlashdik.
Ushbu kitob bundan bir asr avval ilm olish istagida dadil qadam tashlagan va Germaniyada tahsil olish uchun otlangan 70 nafar ziyoli yoshning ayanchli taqdiri hamda shonli xotirasiga bag‘ishlangan.

«Inson avvalo o‘zligidan qo‘rqmasligi kerak, inson ichida bir illat bor, men qilolmayman, bajarolmayman, uddalolmayman degan. Aslida, eng katta qo‘rquv o‘z ichimizda, sababchi o‘zimiz. Asar g‘oyasi ham shundan iboratki, orzularimiz va katta maqsadlar sari qo‘rqmay, dadil qadam tashlay olishimiz kerak, bugungi yoshlarni shunga undash maqsadida dunyoga keldi bu asar», — deydi muallif.

O‘zbek ayoli faqat serial ko‘rib, yig‘lash uchun yaralmagan, ular eng katta potensial kuch, ilk maktab, ilk madrasa, ilk oliygoh, ilk akademiya, deya ta'kidlaydi u.
Mavzuga oid
18:07 / 07.03.2026
Andijonlik qiz kelinlik uyiga 800 ta kitobdan iborat sep bilan bordi
18:46 / 03.03.2026
Xayrulla Asadov jarimaga tortilib, yuzta kitobi musodara qilindi
16:53 / 20.02.2026
Siyosatshunos Kamoliddin Rabbimov “Erkin millat poydevori” nomli kitobini taqdim etdi
14:09 / 16.01.2026