O‘zbekiston | 14:48 / 21.04.2021
2882
2 daqiqa o‘qiladi

Taxiatoshda yuqori kuchlanishli yangi havo elektr liniyasi ishga tushirildi

«Issiqlik elektr stansiyalari» AJ matbuot xizmati ma'lum qilishicha, «Taxiatosh IES» AJda yangi L-1-X-1-220 kV quvvatga ega yuqori kuchlanishli havo elektr liniyasini ishga tushirish bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar muvaffaqiyatli yakuniga yetkazildi.

Mazkur liniyaning sinov-sozlash ishlari «O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» AJ bilan hamkorlikda olib borildi. Yangi liniya «Taxiatosh IES» AJni to‘g‘ridan-to‘g‘ri «Xorazm» nimstansiyasi bilan bog‘laydi.  

Xabaringiz bor, Taxiatosh issiqlik elektr stansiyasida har birining quvvati 280 MVt bo‘lgan ikkita bug‘-gaz qurilmasini qurish investitsion loyihasining amalga oshirilishi natijasida stansiyaning ishlab chiqarish quvvatlari oshirilib, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm viloyati va qisman Navoiy viloyatiga qo‘shimcha elektr energiyasi yetkazib berishi imkoniyati paydo bo‘ldi.  

«Yangi liniyaning ishga tushirilishi O‘zbekiston Respublikasi energetika tizimiga sifatli elektr energiyasi uzatilishini ta'minlaydi. Buning natijasida yurtimiz iste'molchilari, iqtisodiyot tarmoqlari hamda ijtimoiy soha obektlarini uzluksiz va barqaror ravishda elektr energiyasi bilan ta'minlanadi, –dedi «Taxiatosh IES» AJ  bosh direktori Faxriddin Xalilayev.

Mavzuga oid