«Issiqlik elektr stansiyalari» AJ matbuot xizmati ma'lum qilişiça, «Taxiatoş IES» AJda yangi L-1-X-1-220 kV quvvatga ega yuqori kuçlanişli havo elektr liniyasini işga tuşiriş böyiça amalga oşirilgan işlar muvaffaqiyatli yakuniga yetkazildi.

Mazkur liniyaning sinov-sozlaş işlari «Özbekiston milliy elektr tarmoqlari» AJ bilan hamkorlikda olib borildi. Yangi liniya «Taxiatoş IES» AJni töğridan-töğri «Xorazm» nimstansiyasi bilan boğlaydi.  

Xabaringiz bor, Taxiatoş issiqlik elektr stansiyasida har birining quvvati 280 MVt bölgan ikkita buğ-gaz qurilmasini quriş investitsion loyihasining amalga oşirilişi natijasida stansiyaning işlab çiqariş quvvatlari oşirilib, Qoraqalpoğiston Respublikasi, Xorazm viloyati va qisman Navoiy viloyatiga qöşimça elektr energiyasi yetkazib berişi imkoniyati paydo böldi.  

«Yangi liniyaning işga tuşirilişi Özbekiston Respublikasi energetika tizimiga sifatli elektr energiyasi uzatilişini ta'minlaydi. Buning natijasida yurtimiz iste'molçilari, iqtisodiyot tarmoqlari hamda ijtimoiy soha obektlarini uzluksiz va barqaror ravişda elektr energiyasi bilan ta'minlanadi, –dedi «Taxiatoş IES» AJ  boş direktori Faxriddin Xalilayev.