Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Slovakiya Rossiya elchixonasining uch nafar xodimini mamlakatdan chiqarib yuboradi
Slovakiya OAVning yozishicha, bu Bratislavaning Rossiya va Chexiya o‘rtasidagi munosabatlar keskinlashishiga nisbatan javobi hisoblanadi.
Bratislava Rossiya elchixonasining uch nafar xodimini mamlakatdan chiqarib yuboradi. Bu haqda Slovakiya bosh vaziri Eduard Xeger ma'lum qildi.
Bosh vazirning so‘zlariga ko‘ra, rossiyalik diplomatlar mamlakatni tark etishi uchun yetti kun muhlat berilgan.
Slovakiya OAVning yozishicha, bu Bratislavaning Rossiya va Chexiya o‘rtasidagi munosabatlar keskinlashishiga nisbatan javobi hisoblanadi.
Avvalroq Chexiya Rossiya maxsus xizmatlarini 2014 yilda o‘q-dori omborxonasidagi portlashga aloqadorlikda gumonlab, rossiyalik 18 nafar diplomatni mamlakatdan chiqarib yuborishga qaror qilgandi.
Bunga javoban Rossiya tashqi ishlar vazirligi 20 nafar chexiyalik diplomatni «persona non grata» deb e'lon qildi.
22 aprel kuni Chexiya tashqi ishlar vaziri Yakub Kulganek Chexiya mamlakatdagi Rossiya elchixonasi xodimlari sonini Chexiyaning Rossiyadagi elchixonasi xodimlari soniga tenglashtirishga qaror qilganini bildirdi.
Mavzuga oid
22:13 / 19.06.2026
Zelenskiy Lukashenkoga ultimatum qo‘ydi va uni bajarish uchun bir hafta muhlat berdi
12:13 / 19.06.2026
Moskvaga urush davridagi eng yirik hujum – suratlar
08:28 / 19.06.2026
Sofiya Rossiyaga qarshi yangi cheklovlarga qarshi chiqdi
08:22 / 19.06.2026