Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Aliyev Baydenning armanlar genotsidi to‘g‘risidagi bayonotini «tarixiy xato» deb atadi
Ilhom Aliyev Ozarboyjon bu bayonotni qabul qilmasligini ta'kidlagan.
Ozarboyjon prezidenti Ilhom Aliyev Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an bilan telefon orqali muloqotida AQSh prezidenti Jo Baydenning XX asr boshida Usmoniylar imperiyasida sodir bo‘lgan voqealarni «armanlar genotsidi» deb baholaganini tarixiy xato deb atadi. Bu haqda Ozarboyjon prezidenti matbuot xizmati xabar bermoqda.
«Suhbat chog‘ida davlat rahbarlari AQSh prezidenti Jo Baydenning «armanlar genotsidi» bilan bog‘liq bayonotini qoraladilar. Prezident Ilhom Aliyev buni tarixiy xato deb atadi», – deyiladi xabarda.
Xabarda aytilishicha, Aliyev Ozarboyjon bu bayonotni qabul qilmasligini ta'kidlagan.
Avvalroq AQSh prezidenti Jo Bayden XX asr boshlarida Usmoniylar imperiyasida sodir bo‘lgan voqealarni «armanlar genotsidi» deb atagandi.
O‘z navbatida, Turkiya tashqi ishlar vaziri Mavlut Chovusho‘g‘li Anqara Baydenning bu bayonotini to‘laligicha inkor etishini ma'lum qildi.
Mavzuga oid
19:38 / 10.06.2026
“Yo‘l yurish qimmat va xavfli” - G‘azo ko‘chalaridan reportaj
21:08 / 09.06.2026
Dunyoda mojarolar soni Ikkinchi jahon urushidan beri eng yuqori darajaga ko‘tarildi - tadqiqot
22:08 / 18.05.2026
Shavkat Mirziyoyev Bokuda Ilhom Aliyev bilan uchrashdi
09:30 / 25.03.2026