«Obnal ishi» bo‘yicha sudlarda qo‘mitaning qo‘li baland kelmoqda - DSQ axboroti
«Obnal firmalar» faoliyati bilan bog‘liq sud jarayonlarida DSQ xatti-harakatlarining qonuniyligi isbotlanmoqda, deya xabar berdi qo‘mita matbuot xizmati.
«Obnal ishi» yuzasidan hududlarda tadbirkorlar arizasiga binoan sud jarayonlari bo‘lib o‘tmoqda. Soliq qo‘mitasi bu masala yuzasidan soliq organlari xatti-harakatlari qonuniyligi sudlarda isbotlanayotganini ta'kidlamoqda.
«Davlat soliq qo‘mitasi tomonidan qo‘shilgan qiymat solig‘ini to‘lashdan qochish «sxema»lariga qarshi boshlangan faol harakatlarda qonunchilik talablariga qat'iy rioya etilganligi sud jarayonlarida ham o‘z tasdig‘ini topmoqda. Xususan, Farg‘ona, Buxoro, Sirdaryo viloyatlarida iqtisodiy sudlarning hal qiluv qaroriga asosan 4ta holatda davlat soliq xizmati organlarining xatti-harakatlari qonuniyligi isbotlangan», - deyiladi qo‘mita rasmiy xabarida.
Shuningdek, tadbirkorlik sub'yektlari tomonidan ma'muriy sudlarga kiritilgan 14ta shikoyat arizalari bo‘yicha ish yuritish keltirilgan vajlarning asossiz ekanligi sababli tugatilgan, 1ta holatda ko‘rmasdan qoldirilgan va 1ta holatda ma'muriy sud hal qiluv qarori bilan shikoyat arizasini qanoatlantirish rad etilgan.
Shuningdek, DSQ tadbirkorlik sub'yektlari va soliq organlari o‘rtasida bo‘lib o‘tgan sudlardan ayrim misollarni keltirdi.
«Davlat soliq qo‘mitasi tomonidan Namangan viloyatida ro‘yxatdan o‘tgan «Namangan Export Company» MChJ budjetga haqiqatdan to‘lanmagan 6,5 mlrd so‘m qo‘shilgan qiymat solig‘ini asossiz hisobga olganligi aniqlangan. Tadbirkorlik sub'yekti Namangan tumanlararo ma'muriy sudiga shikoyat arizasi berib, soliq organlarining jamiyat hisobraqamiga inkasso topshiriqnomasini qo‘yishda ifodalangan xatti-harakatlarini qonunga xilof deb topishni so‘ragan.
Mazkur ish yuzasidan sud muhokamasi 2021 yil 22 aprel kuni yakunlandi va sudning hal qiluv qarori qabul qilindi. Unga ko‘ra, tadbirkorlik sub'yektining shikoyat arizasini qanoatlantirish rad etilgan», - deyiladi qo‘mita axborotida.
Avvalroq, soliq organi va tadbirkorlar o‘rtasida Toshkent shahrida ham sud boshlangani va jarayon tomonlarning bahsi bilan davom etayotgani yuzasidan xabar berilgan edi.
Shuningdek, 1 aprel kuni Sardor Umrzoqov boshchiligida Buxoroda bo‘lib o‘tgan hukumat komissiyasi qaroriga muvofiq, Buxorodagi 900ta tadbirkorlik sub'yektidan «obnal ishi» bo‘yicha soliq undiruvini bekor qilish borasida qaror qabul qilingani ma'lum qilingandi.
Mavzuga oid
17:48 / 22.11.2024
Jismoniy shaxslarga davlat hisobidan yuridik yordam ko‘rsatish tartibi belgilandi
11:25 / 21.11.2024
2024 yilda 30 mingdan ortiq o‘zbekistonliklar tuhmat va haqorat qilgani uchun sudlandi
22:25 / 12.11.2024
Sud Pop tumani hokimining o‘g‘lini qamoqqa qaytardi
10:16 / 12.11.2024