1 aprel kuni boş vazir örinbosari Sardor Umrzoqov boşliq hukumat komissiyasi tadbirkorlar va eksportçilar muammolarini örganiş va hal qiliş maqsadida Buxoro viloyatida bölgan.

Komissiya tarkibidan vazirlik va idoralar, tarmoq birlaşmalari, tijorat banklari rahbarlari örin olgan. Komissiya yiğilişida viloyat hokimi Botir Zaripov ham qatnaşgan.

Kun.uz manbasiga köra, Umrzoqov boşçiligidagi komissiya «obnal işi» böyiça Buxoro viloyatida faoliyat yuritadigan 907 ta tadbirkorlik sub'yekti zimmasiga yuklangan 47 milliard 133 million söm QQS undiruvini bekor qiliş böyiça qaror qabul qilgan.

«Davlat soliq qömitasi (Kudbiyev) bir hafta muddatda 2020 yilda tuzilgan bitimlar orqali operatsiyalarni amalga oşirgan 578ta xöjalik yurituvçi sub'yektlardan tovarlarni (xizmatlarni) xarid qilgan viloyatdagi 907ta tadbirkorlik sub'yektlariga (kontragentlarga) hisoblangan 47 milliard 133 million söm qöşilgan qiymat soliği undiruvi natijasida tadbirkorlarda yuzaga kelgan noqulayliklarni bartaraf etiş, ularning faoliyatini davom ettirişi va mavjud iş örinlarini saqlab qoliş maqsadida undiruvni bekor qiliş böyiça aniq çoralar körib, Hukumat komissiyasiga axborot kiritsin», – deyiladi qarorda.

Qarorda topşiriqning sözsiz ijrosini Boş prokuratura nazoratga olişi nazarda tutilgan.

Masala yuzasidan Davlat soliq qömitasi izohi kutilmoqda.

Eslatib ötamiz, kuni keça Davlat soliq qömitasi qariyb 15 ming korxonaga QQS summasini qayta hisoblaş töğrisida xabarnoma yubordi.

Avvalroq Toşkentda «obnal işi» böyiça tadbirkor va soliq organi örtasida sud boşlanib, ikkinçi sud majlisi tomonlarning bahsi bilan yakunlangani xabar qilingan edi.

  • Fevral oyida Davlat soliq qömitasi «naqdlaştiruvçi» (obnalçi) firmalar bilan kuraş boşlab, 396ta korxonani şubhali korxonalar röyxatiga kiritgan edi. Natijada ular bilan hamkorlik qilgan 10 mingga yaqin tadbirkorlik sub'yektlarining hisobga olingan QQS summasi