Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rossiya va Tojikiston havo hujumidan mudofaa bo‘yicha umumiy tizim yaratadi
Shoyguning ma'lum qilishicha, Rossiya mamlakat harbiy bilim yurtlarida tahsil oluvchi tojikistonlik harbiy xizmatchilar sonini oshirishga tayyor.
Rossiya va Tojikiston havo hujumidan mudofaa bo‘yicha umumiy tizim tashkil etadi, dedi Rossiya mudofaa vaziri Sergey Shoygu Tojikiston mudofaa vaziri Sherali Mirzo bilan Dushanbeda bo‘lib o‘tgan muzokara chog‘ida. Bu haqda Interfaks xabar bermoqda.
Shoyguning so‘zlariga ko‘ra, tomonlar havo makonidagi chegaralar himoyasini kuchaytirish uchun Rossiya va Tojikistonning havo hujumidan mudofaa bo‘yicha birlashgan mintaqaviy tizimini yaratish to‘g‘risidagi kelishuv loyihasini tayyorlagan.
"Uchrashuv yakunida mazkur kelishuvni imzolashni taklif qilaman", - dedi u.
U shuningdek, Tojikiston mudofaa vazirligi vakillarini xalqaro xavfsizlik bo‘yicha Moskva konferensiyasi, Xalqaro harbiy-texnika forumi va Xalqaro armiya o‘yinlariga taklif qildi.
Shoyguning ma'lum qilishicha, Rossiya mamlakat harbiy bilim yurtlarida tahsil oluvchi tojikistonlik harbiy xizmatchilar sonini oshirishga tayyor.
Uning qayd etishicha, Rossiya Tojikiston qurolli kuchlari salohiyatini mustahkamlash uchun respublikaga qurol va texnika yetkazib bermoqda, Rossiya harbiy oliy o‘quv yurtlarida Tojikiston armiyasi uchun malakali kadrlarni beg‘araz asosda tayyorlab bermoqda.
Mavzuga oid
18:11
Uzbekistan Airways yonilg‘i tanqisligi tufayli O‘zbekistondan Rossiyaga ayrim parvozlarni qisqartiradi
17:21
Rossiya–Ukraina urushida front chizig‘i: tashabbus kim tomonda?
09:35
MAKS aviakosmik ko‘rgazmasi yana bir yilga qoldirildi
16:23 / 11.06.2026