Sport | 18:34 / 28.04.2021
8254
1 daqiqa o‘qiladi

Tokio Olimpiadasida qatnashuvchi sportchilarga qo‘yiladigan talablar e'lon qilindi

Xususan, sportchilar har kuni koronavirusga test topshiradi. Ularga jamoat transportidan foydalanish taqiqlanadi.

Foto: Getty Images

Tokio Olimpiadasi tashkilotchilari musobaqalar davomida sportchilarga nisbatan amal qiladigan cheklov choralarini e'lon qildi.

Xususan, sportchilar har kuni koronavirusga test topshiradi. Ularga jamoat transportidan foydalanish taqiqlanadi. Barcha qatnashchilar faqat olimpiya obektlaridagi maxsus ajratilgan joylarda va o‘zlari turgan mehmonxonadagina ovqatlanishi mumkin.

Bundan tashqari, sportchilarning maxsus niqob taqmagan odamlar bilan muloqot qilishi taqiqlanadi. Shuningdek, ular bir metr ijtimoiy masofa saqlashlari lozim.

Reglamentning yakuniy shakli iyunda – musobaqalar boshlanishidan bir oy oldin chiqishi kutilmoqda. 

Tokio Olimpiadasi 2020 yilning 24 iyulidan 9 avgustigacha o‘tkazilishi rejalashtirilgandi, ammo koronavirus pandemiyasi sababli o‘yinlar bir yil keyinga ko‘chirilgan va shu yilning 23 iyulidan 8 avgustigacha bo‘lib o‘tadi.

Дилшод Аскаров
Tayyorlagan Дилшод Аскаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid