Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Bugun Shavkat Mirziyoyev Turkmanistonga boradi
Bugun, 29 aprel kuni O‘zbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Turkmanistonga amaliy tashrifi bo‘lib o‘tadi.
Prezident matbuot xizmati xabariga ko‘ra, tashrif dasturida Turkmaniston prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedov bilan ikki tomonlama uchrashuv o‘tkazilishi ko‘zda tutilgan.
Muzokaralar kun tartibidan O‘zbekiston va Turkmaniston o‘rtasidagi do‘stlik, yaxshi qo‘shnichilik va strategik sheriklik munosabatlarini yanada mustahkamlash, ko‘p qirrali hamkorlik va mintaqaviy sheriklikni kengaytirish masalalari o‘rin olgan.
Davlat rahbarlari Turkmaniston yetakchisining otasi Malikguli Berdimuhamedov xotirasiga bag‘ishlangan tadbirlarda ishtirok etadi.
Mavzuga oid
21:45 / 30.05.2026
Turkmanistonda may oyi uchun eng issiq rekord harorat yangilandi
08:53 / 23.03.2026
Toshkent va Ashxobod o‘rtasida iqtisodiy hamkorlik kuchaytiriladi
16:34 / 20.03.2026
O‘zbekiston va Turkmaniston yetakchilari bir-birlarini tabrikladilar
20:29 / 02.03.2026