Jahon | 19:39 / 29.04.2021
8703
1 daqiqa o‘qiladi

Tojikiston va Qirg‘iziston bosh vazirlari uchrashuv o‘tkazadi

Ikki mamlakat hukumat rahbarlari qirg‘iz-tojik chegarasida yuzaga kelgan vaziyatni muhokama qiladi.

29 aprel kuni Rossiyaning Qozon shahrida bo‘lib o‘tayotgan Yevrosiyo hukumatlararo kengashi yig‘ilishidan so‘ng Tojikiston bosh vaziri Qohir Rasulzoda va Qirg‘iziston bosh vaziri Uluqbek Maripov o‘rtasida avvaldan rejalashtirilmagan uchrashuv o‘tkaziladi. Bu haqda Qirg‘iziston hukumati matbuot xizmati xabar berdi.

Xabarda aytilishicha, ikki mamlakat hukumat rahbarlari qirg‘iz-tojik chegarasida yuzaga kelgan vaziyatni muhokama qiladi.

Ma'lumot uchun, bugun, 29 aprel kuni Qirg‘iziston-Tojikiston chegarasida otishma kuzatilmoqda, hodisa oqibatida yaralanganlar va qurbonlar bor. Tomonlar nizoda bir-birini ayblamoqda.

O‘zbekiston Qirg‘iziston va Tojikistonni chegaradagi to‘qnashuvlarni darhol to‘xtatishga chaqirmoqda.

Дилшод Аскаров
Tayyorlagan Дилшод Аскаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid