O‘zbekiston | 08:00 / 11.05.2021
6909
2 daqiqa o‘qiladi

Birjada benzin narxi yana ko‘tarildi

O‘tgan hafta davomida, ya'ni 3–9 may kunlari "O‘zbekiston respublika tovar-xomashyo birjasi" AJning barcha savdo platformalarida 1,7 trln so‘mlik tovarlar sotilgan bo‘lib, bu avvalgi haftaga nisbatan 5,5 foizga kam.

Foto: KUN.UZ

Birjada avtomobil benzini deyarli o‘zining boshlang‘ich qiymatida sotildi. Shakllangan o‘rtacha narx va benzinning sotuvchi-korxonalari tomonidan mustaqil ravishda o‘rnatiladigan boshlang‘ich narxlar o‘rtasidagi tafovut 0,4 foizni tashkil qilgan.

O‘tgan haftada birja savdolariga 30 291,0 tonna AI-80 markali avtomobil benzini qo‘yildi va ulardan 18 348,3 tonnasi, ya'ni 60,6 foizi sotildi.

Ko‘rib chiqilayotgan davrda sotuvchi-korxonalar AI-80 markali avtomobil benzinining o‘rtacha boshlang‘ich narxlarini mahsulotning bir tonnasi uchun 6,5 mln so‘mdan 6,6 mln so‘mgacha yoki 2,7 foizga ko‘tardi.

Shu munosabat bilan, AI-80 markali avtomobil benzinining o‘rtacha kunlik narxi ham mos tarzda 6,51 mln so‘mdan 6,69 mln so‘mgacha, ya'ni 2,8 foizga, sotuvchilarning boshlang‘ich narxlarni ko‘tarishi hisobiga o‘sdi.

Ko‘rib chiqilayotgan davrda AI-80 rusumli avtomobil benzinining o‘rtacha haftalik kotirovkasi 6,61 mln so‘mni, AI-91 – 7,66 mln so‘mni tashkil etdi.

Prezidentning 2020 yil 4 apreldagi qaroriga muvofiq, “O‘zbekneftgaz” AJ tasarrufidagi Buxoro neftni qayta ishlash zavodi tomonidan birja savdolariga qo‘yiladigan avtomobil benzinining boshlang‘ich narxlari jahon birjalardagi Brent nefti kotirovkalaridan kelib chiqib, shakllanadi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid