O‘zbekiston | 10:10 / 14.05.2021
22740
1 daqiqa o‘qiladi
Koronavirus: Shifoxonalarga yotqizilgan bemorlar soni 4 mingga yaqinlashdi
Sog‘liqni saqlash vazirligi so‘nggi bir kunda O‘zbekistonda 300ga yaqin yangi kasallanish holati qayd etilib, shifoxonalarda 4 ming nafarga yaqin bemor koronavirusga qarshi davolanayotgani to‘g‘risida ma'lumot berdi.
«2021 yil 13 may holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 96117 (+291) nafarni tashkil etmoqda», deyiladi xabarda.
Yangi kasallanish holatlarining:
- 8 nafari Qoraqalpog‘iston Respublikasida,
- 7 nafari Andijon viloyatida,
- 7 nafari Buxoro viloyatida,
- 3 nafari Jizzax viloyatida,
- 5 nafari Qashqadaryo viloyatida,
- 2 nafari Navoiy viloyatida,
- 6 nafari Namangan viloyatida,
- 26 nafari Samarqand viloyatida,
- 6 nafari Sirdaryo viloyatida,
- 1 nafari Surxondaryo viloyatida,
- 20 nafari Farg‘ona viloyatida,
- 8 nafari Xorazm viloyatida,
- 68 nafari Toshkent viloyatida,
- 124 nafari Toshkent shahrida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.
Kecha kun davomida:
- Buxoro viloyatida 4 nafar,
- Namangan viloyatida 12 nafar,
- Xorazm viloyatida 6 nafar,
- Toshkent viloyatida 48 nafar,
- Toshkent shahrida 136 nafar bemor tuzalib, kasallikdan sog‘ayganlar jami 91507 (+206) nafarga yetdi va sog‘ayish ko‘rsatkichi 95 foizni tashkil etmoqda.
Ayni paytda tibbiyot muassasalarida 3943 nafar bemor davolanmoqda.
Mavzuga oid
11:40 / 13.12.2022
O‘zbekistonda kunlik koronavirus statistikasi sezilarli pasaydi
10:54 / 07.12.2022
Toshkent shahrida bir kunda 100 dan ortiq kishida koronavirus aniqlandi
10:10 / 04.12.2022
Koronavirus: O‘zbekistonda kunlik holatlar soni fevraldagi darajaga qaytdi
11:15 / 02.12.2022