Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Samarqandda yana bir OTM tashkil etildi
Hukumatning tegishli qarori bilan Samarqand davlat universitetining Kattaqo‘rg‘on filiali tashkil etildi.
Ma'lum qilinishicha, qarorga ko‘ra:
- Filialda ta'lim faoliyati 2021/2022 o‘quv yilidan boshlanadi;
- Samarqand viloyati, Kattaqo‘rg‘on shahar, Amir Temur ko‘chasi, 27-uy manzilida joylashgan sobiq Samarqand davlat chet tillar instituti huzuridagi 2-son akademik litseyining bino va inshootlari filialga operativ boshqaruv huquqi asosida bepul beriladi;
- Kelgusi yillarda filial uchun qo‘shimcha o‘quv binosi, 2 ta talabalar turar joyi binolari, sport inshooti quriladi;
- Samarqand viloyati hokimligi filial faoliyatini samarali tashkil etish maqsadida faoliyat yuritish uchun jalb etiladigan malakali professor- o‘qituvchilarni belgilangan tartibda xizmat uylari bilan ta'minlaydi.
Ma'lumot uchun, 2020 yil 4 iyun kuni normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portali regulation.gov.uz’da Vazirlar Mahkamasining Samarqand viloyatida yuqori malakali kadrlar tayyorlash tizimini kengaytirish va yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi ID-18502-sonli qarori loyihasi muhokama uchun joylashtirilgan edi.
Mavzuga oid
23:04 / 13.06.2026
Samarqandda Rossiyada ishlashni rejalashtirayotgan fuqarolar uchun test markazi ochiladi
10:50 / 12.06.2026
Samarqandning olis tumanlariga investitsiyalar jalb etiladi
17:46 / 10.06.2026
Samarqand tumanlari qishloq xo‘jaligi, to‘qimachilik va qayta ishlash sanoatiga ixtisoslashgan hudud sifatida rivojlantiriladi
17:45 / 05.06.2026