Vazirlar Mahkamasining “Samarqand viloyatida yuqori malakali kadrlar tayyorlaş tizimini kengaytiriş va yanada takomillaştiriş çora-tadbirlari töğrisida”gi qarori loyihasi muhokama uçun joylaştirildi.
Özbekiston Respublikasi Oliy va örta maxsus ta'lim vazirligi, Transport vazirligi hamda Samarqand viloyati hokimligining Samarqand viloyati Kattaqörğon şahrida Samarqand davlat universitetining Kattaqörğon filiali (SamDUning filiali) hamda Toşkent davlat transport universitetining Kattaqörğon filialini (Transport universitetining filiali) taşkil etiş töğrisidagi taklifiga rozilik beriladi.
Quyidagilar:
a) SamDUning filiali faoliyatining asosiy yönalişlari etib belgilanadi:
hududda pedagogika soha va tarmoqlarining rivojlaniş istiqbollari va ustuvor vazifalari, şuningdek, zamonaviy texnika hamda texnologiyalarning rivojlaniş tendensiyalarini hisobga olgan holda pedagogika sohasi böyiça tarbiya va öqitiş usullari, ta'lim jarayonida zamonaviy pedagogik texnologiyalarni qöllaş könikmalariga ega professional oliy ma'lumotli kadrlarni tayyorlaş;
ilmiy-pedagog kadrlarni ijtimoiy şeriklik asosida tayyorlaş böyiça iş beruvçilar, davlat boşqaruvi organlari va ijtimoiy taşkilotlar bilan hamkorlikni yölga qöyiş;
SamDUning filialining mintaqa va xalqaro miqyosdagi nufuzini oşiriş maqsadida xorijiy fuqarolar uçun ta'lim oliş imkoniyatini kengaytiriş va ilğor xalqaro tajribani tatbiq etiş;
öquv va ilmiy laboratoriya xonalarini taşkil etiş, zamonaviy texnologiyalar asosida jihozlaş hamda öquv va ilmiy loyihalarni amalga oşiriş;
ta'lim va ilmiy izlanişlar jarayoniga malakali mutaxassislarni keng jalb etiş maqsadida respublika va xorijiy yetakçi oliy ta'lim muassasalari hamda ilmiy markazlar bilan hamkorlik aloqalarini rivojlantiriş;
xorijiy yetakçi va nufuzli oliy ta'lim muassasalarining ilğor tajribasini tatbiq etiş asosida malaka talablari, öquv rejalari va fan dasturlarini işlab çiqiş, öquv va ilmiy-uslubiy ta'minotni takomillaştiriş va amaliyotga joriy etiş;
pedagogika ta'lim sohasini rivojlantirişning ilmiy-metodik vazifalarini hal etiş, ilğor xorijiy pedagogik texnologiyalarni joriy qilişga yönaltirilgan ilmiy tadqiqotlar olib boriş va iqtidorli talaba-yoşlarni ilmiy faoliyat bilan şuğullanişga keng jalb etiş;












