O‘zbekiston | 15:58 / 20.05.2021
2269
2 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekistonda benzin ishlab chiqarish hajmida deyarli o‘sish kuzatilmadi

Statistika qo‘mitasi joriy yil yanvar-aprel oylarida ishlab chiqarilgan avtomobil benzini hajmini e'lon qildi. O‘tgan yilning mos davriga nisbatan o‘sish 0,8 foiz

Davlat statistika qo‘mitasi ma'lumotlariga ko‘ra, O‘zbekistonda 2021 yil yanvar-aprel oylarida 368,6 ming tonna avtomobil benzini ishlab chiqarilgan.

O‘tgan yilning mos davrida esa ushbu ko‘rsatkich 365,8 ming tonnani tashkil etgan. Bir yil ichida O‘zbekistonda benzin ishlab chiqarish hajmi 0,8 foizga o‘sgan.

2021 yilning 1-choragida esa avtomobil benzini 291,3 ming tonna ishlab chiqarilgan, bu – o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 3 foiz ko‘proq.

Statistika benzin importi oshib borayotganini ko‘rsatadi. Birgina joriy yilning 4 oyida (207,5 mln litr) o‘tgan yilning 9 oyiga (90,1 mln litr) nisbatan 2 barobar ko‘proq benzin import qilingan.

Shuningdek, yanvar-aprel oylarida ayrim turdagi sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish hajmini ham ma'lum qilindi:

  • ko‘mir – 1444,5 ming tonna;
  • neft va gaz kondensati – 707,9 ming tonna;
  • yengil avtomobil – 64 987 dona;
  • avtobus – 265 dona;
  • yuk mashinasi – 1268 dona;
  • traktor – 173 dona;
  • avtomobil dvigatellari – 44 886 dona.

 

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid