Jahon | 20:10 / 21.05.2021
6238
1 daqiqa o‘qiladi

Putin va Japarov Sochida tojik-qirg‘iz chegarasidagi vaziyatni muhokama qiladi

Putin Sochida Qirg‘iziston prezidenti bilan uchrashuv o‘tkazilishi haqida 18 may kuni Kremlda xorijiy davlatlar elchilariga ishonch yorliqlarini topshirish marosimida ma'lum qilgandi.

24 may kuni Rossiya prezidenti Vladimir Putin Sochida Qirg‘iziston prezidenti Sadir Japarov bilan tojik-qirg‘iz chegarasidagi vaziyatni muhokama qiladi

Xabar qilinishicha, uchrashuvda Rossiya-Qirg‘iziston munosabatlarini yanada rivojlantirish, Yevrosiyo makonida integratsion birlashuvlar doirasidagi hamkorlik masalalarini ko‘rib chiqish hamda dolzarb mintaqaviy muammolar, jumladan, Qirg‘iziston-Tojikiston chegarasidagi barqarorlikni mustahkamlash borasida fikr almashish ko‘zda tutilgan.

Putin 24 may kuni Sochida Qirg‘iziston prezidenti bilan uchrashuv o‘tkazilishi haqida 18 may kuni Kremlda xorijiy davlatlar elchilariga ishonch yorliqlarini topshirish marosimida ma'lum qilgandi.

8 may kuni Moskvaga Tojikiston prezidenti Emomali Rahmon tashrif bilan kelgan va Putin bilan muzokara o‘tkazgandi.

Дилшод Аскаров
Tayyorlagan Дилшод Аскаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid