Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rossiyada jangovar robotlar ishlab chiqarish boshlandi - OAV
Sergey Shoyguning ma'lum qilishicha, Rossiyada bir nechta mudofaa korxonalari sun'iy intellektga ega jangovar robotlar ishlab chiqarishni boshlagan.
Rossiya mudofaa vaziri Sergey Shoyguning ta'kidlashicha, mamlakatda mustaqil ravishda kurashishga qodir sun'iy intellektga ega jangovar robotlar ishlab chiqarish boshlangan.
«Endi biz shunchaki eksperimental namunalar emas, balki mustaqil ravishda kurashishga qodir bo‘lgan, haqiqatan ham o‘sha ilmiy fantastik filmlarda namoyish etilgan robotlarga egamiz», deb ta'kidlagan Rossiya mudofaa vaziri «Novoye znaniye» marafoni paytidagi nutqida.
Ma'lum qilinishicha, Rossiyada «ertangi kun qurollari»ni yaratish bo‘yicha katta ish olib borilmoqda.
Ayni paytda Rossiyaning bir nechta mudofaa korxonalari birdaniga armiya uchun jangovar robotlar tayyorlamoqda.
Ma'lumot uchun, sun'iy intellekt texnologiyalari allaqachon Rossiya harbiy sanoatida qo‘llanib kelinmoqda. Xususan, S-400, S-350, «Pansir» zenit raketa tizimlari sun'iy intellekt elementlari bo‘lgan kompyuterlar hisobiga ishlaydi. Beshinchi avlod Su-57 qiruvchi samolyotda ikkinchi uchuvchi rolini sun'iy intellekt bajaradi. Shuningdek, robotlardan odamlarni jang maydonidan evakuatsiya qilish ishlarida ham foydalaniladi.
Mavzuga oid
19:40 / 31.05.2026
Tokio ko‘rgazmasida ignadan ip o‘tkaza oladigan robot namoyish etildi
17:10 / 23.04.2026
Ukrainaning qotil robotlari: jang maydoni endi avvalgidek emasmi?
07:34 / 31.03.2026
Insonga o‘xshash yuz ifodasi: Xitoy robototexnikasi yangi bosqichga chiqdi
07:35 / 23.03.2026