Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Putin va Bayden uchrashuvi Jyenevada o‘tkazilishi mumkin – OAV
May oyi boshlarida Bayden Putin bilan iyun o‘rtalarida Yevropada uchrashishi mumkinligini aytgandi.
AQSh va Rossiya prezidentlari Jo Bayden va Vladimir Putin o‘rtasidagi uchrashuv Jyenevada bo‘lib o‘tishi mumkin. Bu haqda o‘z manbalariga tayanib NBC telekanali xabar berdi.
"Jyeneva, Shveytsariya Bayden va Putin o‘rtasidagi uchrashuv o‘tkazilishi mumkin bo‘lgan joy hisoblanadi, dedi AQSh prezidenti ma'muriyatidagi to‘rt manba", - deyiladi NBC muxbiri Jyeff Bennettning tvitter sahifasida.
May oyi boshlarida Bayden Putin bilan iyun o‘rtalarida Yevropada uchrashishi mumkinligini aytgandi.
O‘tgan haftada Rossiya OAV ikki davlat prezidenti Shveytsariyada uchrashishini yozgandi.
Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov Moskva bunday mish-mishlarga izoh bermasligini aytdi.
AQSh davlat kotibi Entoni Blinken o‘tgan haftada Putin va Bayden o‘rtasidagi uchrashuv yaqin haftalarda o‘tkazilishini aytdi.
Mavzuga oid
10:45 / 16.06.2026
Zelenskiy Putinga G7 sammitida uchrashuv o‘tkazishni taklif qildi
08:59 / 15.06.2026
Zelenskiy G7 sammitida Tramp bilan uchrashishini ma’lum qildi
10:02 / 13.06.2026
Ukraina armiyasida keng ko‘lamli islohotlar boshlandi
14:20 / 11.06.2026