Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qirg‘izistonda Tojikiston fuqarolariga aviachipta sotish taqiqlandi
Avvalroq Tojikiston TIV o‘z fuqarolarini Qirg‘izistonga bormaslikka chaqirgandi.
Qirg‘iziston aviatsiya rahbariyati turagentlik va aviakompaniyalarga Tojikiston fuqarolariga aviachipta sotishni taqiqladi, deb xabar berdi tazabek.kg.
Xabarda aytilishicha, 28 may kuni fuqaro aviatsiyasi agentligi barcha aviakompaniyalarga bu haqda xabarnoma jo‘natgan.
«Taqiq maxsus buyruq olinguniga qadar amal qiladi», - degan fuqaro aviatsiyasi agentligi vakili Jyenishbek Esenamanov.
Xabarnomada aytilishicha, taqiq Qirg‘iziston va Tojikiston diplomatik vakolatxonalari xodimlari va ularning oila a'zolari, avvaldan kelishilgan holda tashrif buyuradigan Qirg‘iziston va Tojikiston rasmiy shaxslariga taalluqli emas.
Avvalroq Tojikiston TIV o‘z fuqarolarini Qirg‘izistonga bormaslikka chaqirgandi.
Mavzuga oid
20:07 / 16.07.2026
Qamchibek Tashiyev 2027 yilgi prezidentlik saylovida ishtirok etishdan voz kechdi
20:21 / 10.07.2026
«Xitoy - Qirg‘iziston - O‘zbekiston» temiryo‘li qurilishi faol bosqichga o‘tdi
21:06 / 07.07.2026
Qirg‘izistonda uchish chog‘ida samolyotning shassisi sindi
20:20 / 06.07.2026