Jahon | 21:09 / 28.05.2021
6718
1 daqiqa o‘qiladi

Rossiya va Pokiston gaz quvuri qurilishi bo‘yicha kelishuv imzoladi

Ilgari «Shimol-Janub» deb atalgan mazkur loyiha mart oyida «Pokiston oqimi» deb qayta nomlangandi.

Rossiya energetika vaziri Nikolay Shulginov va Pokistonning Rossiyadagi elchisi Shafqat Ali-Xon yaqin vaqt ichida «Pokiston oqimi» gaz quvuri qurilishi loyihasini amalga oshirish imkonini beruvchi kelishuvni imzoladi. Bu haqda Rossiya energetika vazirligi ma'lum qildi.

Rossiya va Pokiston ilgari «Shimol-Janub» deb atalgan mazkur loyihani mart oyida «Pokiston oqimi» deb qayta nomlagandi.

Aniqlik kiritilishicha, rossiyalik investorlar gaz quvuri aksiyalarining kamida 26 foiziga ega bo‘ladi. Hujjatga ko‘ra, aksiyalarning nazorat paketi Pokiston tomonida qoladi.

Дилшод Аскаров
Tayyorlagan Дилшод Аскаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid