O‘zbekiston | 21:51 / 31.05.2021
10999
1 daqiqa o‘qiladi

Prezident Saylov kodeksiga o‘zgarishlar kiritish haqidagi qonunni imzoladi

Saylov komissiyalarining qarorlari ustidan berilgan shikoyatlar faqat sudlar tomonidan ko‘rib chiqiladi.

Prezident Shavkat Mirziyoyev 31 may kuni «O‘zbekiston Respublikasining Saylov kodeksiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida»gi Qonunni imzoladi.

Kiritilgan o‘zgartirishlarga muvofiq, saylov komissiyalarining harakatlari va qarorlari ustidan berilgan shikoyatlar faqat sudlar tomonidan ko‘rib chiqiladi. 

Prezident saylovini o‘tkazish bo‘yicha okrug saylov komissiyasi 8–18 a'zodan iborat tarkibda tuziladi (Ilgari 6-8 nafar edi).

Hujjatda qayd etilishicha, endilikda saylov byulleteniga nomzodning egallab turgan lavozimi (mashg‘ulotining turi), ish joyi kiritilmaydi.

Saylovchilar bilan uchrashuvlar kabi ommaviy tadbirlar ularning o‘tkazilish joyi va vaqti haqida tegishli tuman (shahar) hokimliklari kamida uch kun oldin yozma ravishda xabardor qilingan holda o‘tkaziladi.

Shu bilan birga, ushbu ommaviy tadbirlarni o‘tkazish uchun ruxsatnoma talab qilinmaydi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid