Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Shikoyatlarni faqat sud ko‘rib chiqadi - saylov kodeksiga o‘zgartirish kiritilmoqda
Parlament deputatlari tomonidan «O‘zbekiston Respublikasining Saylov kodeksiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida»gi qonun loyihasi ko‘rib chiqilmoqda.
Kun.uz manbasining xabar berishicha, «O‘zbekiston Respublikasining Saylov kodeksiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi YeXHT Demokratik institutlar va inson huquqlari bo‘yicha byurosi saylovlar bo‘yicha missiyasining mamlakatimizda saylov tizimini takomillashtirishga qaratilgan tavsiyalari bo‘yicha saylov to‘g‘risidagi amaldagi qonunchilikning tahlillari asosida Qonunchilik palatasining bir guruh deputatlari tomonidan ishlab chiqilgan.
Qonun loyihasida quyidagi o‘zgartirishlar nazarda tutilmoqda:
Amaldagi Saylov kodeksiga muvofiq, saylov komissiyalarining harakatlari va qarorlari ustidan shikoyatlar sudlar bilan bir qatorda yuqori turuvchi saylov komissiyalariga ham berilishi mumkin. Bunda, sudlar va saylov komissiyalariga takroriy shikoyatlar tushishi, ular tomonidan bir-biriga zid bo‘lgan qarorlar chiqarilishi ehtimoli mavjud bo‘ladi.
YeXHT saylovlar bo‘yicha missiyasi saylov komissiyalarining harakatlari va qarorlari ustidan berilgan shikoyatlarni faqat sud ko‘rib chiqishini belgilashni tavsiya qilgan;
Amaldagi qonunchilikka binoan, O‘zbekiston Respublikasi prezidenti saylovini o‘tkazishda 8 nafar a'zodan iborat okrug saylov komissiyasida 1000ga yaqin uchastka saylov komissiyalari tuziladi. Bu esa uchastka saylov komissiyalari faoliyatini muvofiqlashtirishda qiyinchiliklar tug‘diradi. Shu sababli, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovini o‘tkazish bo‘yicha okrug saylov komissiyalari a'zolari sonini 8 nafardan 18 nafarga oshirish taklif etilmoqda;
14, 20, 22, 101 va 102-moddalarida yuqori turuvchi saylov komissiyalarining vakolatlaridan quyi turuvchi saylov komissiyalarining harakatlari va qarorlari ustidan berilgan shikoyatlarni ko‘rib chiqishni chiqarib tashlash;
21-moddada O‘zbekiston Respublikasi prezidenti saylovini o‘tkazish bo‘yicha okrug saylov komissiyasi komissiya raisi, rais o‘rinbosari, kotibi va o‘n bir–o‘n sakkiz nafar komissiya a'zosidan iborat tarkibda tuzilishini belgilash;
31-moddadan saylov byulletenida nomzodning egallab turgan lavozimi (mashg‘ulotining turi), ish joyi ko‘rsatilishi haqidagi normani chiqarib tashlash;
38-moddada saylovlarda siyosiy partiya yoki nomzodlarni qo‘llab-quvvatlab imzo qo‘yishda fuqarolar pasport bilan bir qatorda identifikatsiya kartasi orqali ham shaxsini tasdiqlashi mumkinligini belgilash;
48-moddada saylovchilar bilan uchrashuvlar kabi ommaviy tadbirlar ularning o‘tkazilishi joyi va vaqti haqida tuman (shahar) hokimliklari kamida uch kun oldin yozma ravishda xabardor qilingan holda o‘tkazilishi, bunda, ushbu ommaviy tadbirlarni o‘tkazish uchun ruxsatnoma talab etilmasligini belgilash, kabi o‘zgartirishlar kiritilishi taklif etilmoqda.
Muhokamalar davom etmoqda.
Tavsiya etamiz
„Uchastkavoy“ prezident bilan uchrashuvda kapitanga aylandi
O‘zbekiston | 15:27 / 11.07.2025
Tramp: NATO Ukraina uchun AQShdan qurol sotib oladi
Jahon | 11:21 / 11.07.2025
Eldor Shomurodov Turkiya klubiga o‘tdi
Sport | 11:12 / 11.07.2025
Taekvondochi Ulug‘bek Rashidov ikki yilga diskvalifikatsiya qilindi
Sport | 11:00 / 11.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Ispaniyada migrantlar hujumi sabab tartibsizliklar boshlandi
Jahon | 22:05
-
Yevrkomissiya rahbari AQSh bojlariga javob qaytarishga tayyorligini ma’lum qildi
Jahon | 21:29
-
Sankt-Peterburgda migrantlar temir panjaralar orasida yotishga majbur bo‘layotganiga izoh berildi
Jamiyat | 20:48
-
Mirobod tumanida ta’mirlanayotgan binoda, Yunusobodda esa ko‘p qavatli uyda yong‘in chiqdi
Jamiyat | 20:34
Mavzuga oid

19:24 / 05.07.2025
Fermerlarni yangi jazo va majburiyatlar kutmoqda. Qonun loyihasi deputatlar bahsiga sabab bo‘ldi

17:42 / 01.07.2025
O‘zbekistonda qurilish oynalarini qayta ishlash uchun utilizatsiya yig‘imi joriy etilmoqda

12:12 / 30.06.2025
Qimmatbaho metall va toshlar noqonuniy muomalasi uchun javobgarlik joriy etiladi

09:51 / 26.06.2025