Xorijiy tillarni o‘rganishni ommalashtirish agentligi rahbari tayinlandi
Xorijiy tillarni o‘rganishni ommalashtirish agentligi direktori vazifasini vaqtincha bajarish agentlik direktor o‘rinbosari Sanjar Obidovga yuklatildi.
Hukumatning tegishli qaroriga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Xorijiy tillarni o‘rganishni ommalashtirish agentligi direktorining o‘rinbosari Sanjar Omonxo‘jayevich Obidov agentlik direktori vazifasini vaqtincha bajaruvchi etib tayinlandi.
Sanjar Obidov 2014-2017 yillarda Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi xalqaro aloqalar bo‘limi, 2017-2018 yillarda Ta'lim inspeksiyasida bo‘lim boshlig‘i, 2018-2020 yillarda Maktabgacha ta'lim vazirligi boshqarma boshlig‘i o‘rinbosari, 2020-2021 yillarda Ta'lim inspeksiyasida Pedagog kadrlar sifati nazorati, ta'lim hujjatlarini legallashtirish, tan olish va nostrifikatsiya qilish bosh boshqarmasi boshlig‘i, 2021 yil 20 maydan Xorijiy tillarni o‘rganishni ommalashtirish agentligi direktori o‘rinbosari lavozimlarida faoliyat yuritgan.
Vazirlar Mahkamasi huzurida Xorijiy tillarni o‘rganishni ommalashtirish agentligi tashkil etilishi Prezident Shavkat Mirziyoyevning 6 may kuni o‘tkazilgan chet tillarini o‘qitish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari yuzasidan o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida ma'lum qilingan edi.
Mavzuga oid
15:28 / 18.10.2024
Usmon Sharifxo‘jayev boshqa ishga o‘tdi
22:21 / 17.10.2024
«O‘zmetkombinat»ga yangi rahbar tayinlandi
22:09 / 14.10.2024
Jizzax viloyati sog‘liqni saqlash boshqarmasiga yangi rahbar tayinlandi
18:37 / 12.10.2024