Hukumatning tegişli qaroriga köra, Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Xorijiy tillarni örganişni ommalaştiriş agentligi direktorining örinbosari Sanjar Omonxöjayeviç Obidov agentlik direktori vazifasini vaqtinça bajaruvçi etib tayinlandi.

Sanjar Obidov 2014-2017 yillarda Oliy va örta maxsus ta'lim vazirligi xalqaro aloqalar bölimi, 2017-2018 yillarda Ta'lim inspeksiyasida bölim boşliği, 2018-2020 yillarda Maktabgaça ta'lim vazirligi boşqarma boşliği örinbosari, 2020-2021 yillarda Ta'lim inspeksiyasida Pedagog kadrlar sifati nazorati, ta'lim hujjatlarini legallaştiriş, tan oliş va nostrifikatsiya qiliş boş boşqarmasi boşliği, 2021 yil 20 maydan Xorijiy tillarni örganişni ommalaştiriş agentligi direktori örinbosari lavozimlarida faoliyat yuritgan.

Vazirlar Mahkamasi huzurida Xorijiy tillarni örganişni ommalaştiriş agentligi taşkil etilişi Prezident Şavkat Mirziyoyevning 6 may kuni ötkazilgan çet tillarini öqitiş tizimini takomillaştiriş çora-tadbirlari yuzasidan ötkazilgan videoselektor yiğilişida ma'lum qilingan edi.