«Vazirlar Mahkamasi huzurida Xorijiy tillarni örganişni ommalaştiriş agentligi taşkil etiladi. Agentlik, eng avvalo, dunyoda samarali natija bergan öqitiş metodikalari, dastur va darsliklarini boğça, maktab, litsey, oliygoh va öquv markazlarida joriy etib, xorijiy tillarni mukammal özlaştirişga kömaklaşadi.
Bunda, ta'lim muassasalari, tarmoqlar va hududlar ehtiyojidan kelib çiqib, kamida 10ta çet tilini (ingliz, rus, nemis, fransuz, xitoy, koreys, yapon, turk, arab, fors) örgatişni taşkillaştiradi.
Şuningdek, bolalikdan xorijiy tillarni puxta örganiş könikmalarini şakllantiradigan ommabop kontentlarni işlab çiqadi.
Bundan taşqari, agentlik vazirlik, idora va boşqa iş beruvçilar bilan birga, xizmatçilarning kasbiy faoliyatini xorijiy tillarda töliq amalga oşiriş imkoniyatini beradigan metodikalarni işlab çiqib, şaroitga moslagan holda, amaliyotga joriy etadi.
Şu bilan birga, davlat tilidan xorijiy tillarga va aksinça bir neça xorijiy tillardan davlat tiliga professional tarjima qiliş metodikalarini yaratiş ham agentlikning asosiy vazifalaridan biri böladi.
Agentlik maktablar, oliygohlar, tuman, şahar va viloyatlar, tarmoq va davlat idoralarida xorijiy tillarni biliş reytingini ham yuritadi. Çet tili öqituvçilari uçun malaka talablari va baholaş mezonlarini işlab çiqadi hamda malaka toifalarini beradi.
Bir söz bilan aytganda, agentlik «boğça – maktab – oliygoh – korxona» uzluksiz zanjiri orqali, aholining barça qatlamiga mos bölgan til örganiş metodika, tavsiya va darsliklarini işlab çiqişni taşkil etadi hamda ularning amalga oşirilişiga kömaklaşadi.
Jahon tillari va Şarqşunoslik universitetlari, Samarqand çet tillari instituti bilan bir qatorda, har bir viloyatda bittadan universitet çet tillari böyiça tayanç oliygoh sifatida belgilanadi.
Viloyat, tuman va şahar hokimlari hududlarda çet tillarini örgatiş muhitini şakllantiriş, bunga taşkiliy va moliyaviy şaroit yaratişga şaxsan mas'ul böladilar», degan prezident çet tillarini örganiş masalasi muhokama qilingan videoselektor yiğilişida.







