O‘zbekiston | 16:30 / 15.06.2021
6638
2 daqiqa o‘qiladi

"Sputnik V" vaksinasi bilan emlanganlar Ukrainaga kiritilmasligi ma'lum qilindi

 Ta'kidlanishicha, faqat Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti va Ukraina tan olgan vaksinalargina mamlakatga kirish imkoniyatini beradi.

Ukraina Rossiyaning "Sputnik V" vaksinasi bilan emlanganligi to‘g‘risidagi hujjatga ega bo‘lgan shaxslarni mamlakatga kiritmaydi, chunki bu vaksina Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti va Ukraina tomonidan tan olinmagan. Bu haqda "Borispol-1" chegara xizmati bo‘limi boshlig‘i o‘rinbosari Valentin Melnikka tayanib Interfaks xabar berdi.

"Sputnik" vaksinasi Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti tomonidan tan olinmagan, shuning uchun biz ham uni qabul qilmaymiz. Faqat Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti va biz tan olgan vaksinalargina Ukrainaga kirish imkoniyatini beradi", - dedi Melnik.

Uning so‘zlariga ko‘ra, agar xorij fuqarosi "Sputnik" bilan emlangan bo‘lsa va manfiy PZR testga ega bo‘lmasa, Ukrainaga kiritilmaydi. Ukraina fuqarolari esa izolyatsiyaga jo‘natiladi.

Melnikning qayd etishicha, agar bunday yo‘lovchilar transfer orqali boshqa mamlakatlarga uchayotgan bo‘lsa, ular pasport nazoratidan o‘tmaydi va avtomatik ravishda transfer hududiga ko‘tariladi hamda Ukrainadan uchib ketadi.

Ukraina sog‘liqni saqlash vazirligining bildirishicha, "Sputnik V" vaksinasi bilan to‘liq emlanganlik mamlakatga kirish uchun asos bo‘la olmaydi.

Mavzuga oid