Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Moskvada xodimlarning 60 foizi koronavirusga qarshi majburan emlanadi
15 iyulgacha xizmat ko‘rsatish, savdo, umumiy ovqatlanish va boshqa sohalardagi xodimlarning kamida 60 foizi emlanishi shart.
Moskva bosh sanitar vrachi Yelena Andreyeva xodimlarning 60 foizini koronavirusga qarshi majburiy emlash to‘g‘risidagi farmoyishni imzoladi. Hujjatga ko‘ra, tashkilot va korxonalar rahbarlari 15 iyulgacha xodimlarining kamida 60 foizi emlanishini ta'minlashi shart.
Quyidagi sohalar xodimlari majburan emlanadi:
- savdo;
- umumiy ovqatlanish;
- go‘zallik salonlari, fitnes-klublar;
- kimyoviy tozalash va boshqa maishiy xizmatlar;
- jamoat transporti va taksi;
- muzey, kutubxonalar;
- teatr, kinoteatr, konsert zallari;
- bolalar o‘ynaydigan xonalar;
- bank, pochtalarning mijozlar bo‘limlari;
- ta'lim, sog‘liqni saqlash, ijtimoiy himoya;
- kommunal xizmat va energetika;
- ommaviy sport tadbirlari.
Shahar meri Sergey Sobyaninning ta'kidlashicha, «poytaxtdagi vaziyatning dramatik tarzda rivojlanishda davom etishi ushbu og‘ir, lekin zarur va mas'uliyatli qarorning qabul qilinishiga» sabab bo‘lgan.
Uning so‘zlariga ko‘ra, shifoxonalarda 12 mingdan ortiq bemor yotibdi.
Aholisi 20 millionga yaqin shaharda atigi 1,8 million kishi emlangan, dedi Sobyanin.
Xabar qilinishicha, Moskva viloyatida ham xodimlarni majburiy emlashga qaror qilingan.
Mavzuga oid
13:08 / 13.05.2026
Zelenskiydan troll-farmon, «muzlagan» front: urushda nima gap?
18:34 / 07.05.2026
Bu yil Moskvadagi G‘alaba paradida Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlari qatnashmaydi
20:39 / 27.04.2026
Moskvaga qish qaytdi – fotolar
12:07 / 23.04.2026