Jahon | 17:39 / 17.06.2021
2747
1 daqiqa o‘qiladi

Yaponiyada 20 iyundan favqulodda holat bekor qilinadi

Faqat Okinava prefekturasida favqulodda holat rejimi amal qilishi davom etadi.

Foto: Takashi Aoyama/Getty Images

Yaponiyada koronavirus tarqalishi sababli joriy qilingan favqulodda holat rejimi bekor qilinadi. Bu haqda mamlakat bosh vaziri Yosixide Suga ma'lum qildi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, Tokio va mamlakatning boshqa ayrim hududlarida favqulodda holat o‘rniga cheklov choralari kiritiladi. Ushbu cheklovlar alkogol savdosi, bar va restoranlarning ish vaqtiga oid bo‘ladi. Cheklovlar 11 iyulgacha amal qiladi.

Faqat Okinava prefekturasida favqulodda holat rejimi amal qilishi davom etadi.

Bundan tashqari, Yaponiya vaksinatsiya pasportlari berishni rejalashtirgani xabar qilindi. Unda sertifikat egasi haqidagi ma'lumotlar, emlangan sanasi va vaksina nomi qayd etiladi.

Дилшод Аскаров
Tayyorlagan Дилшод Аскаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid