Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qazzofiyning samolyoti Liviyaga qaytarildi
A340-213 samolyoti 2012 yil avgustdan buyon Fransiyada edi, qaytarishdan oldin esa Turkiyaga jo‘natildi – bu yerda texnik xizmat ko‘rsatishning yakuniy bosqichi amalga oshirildi.
Liviya sobiq yetakchisi Muammor Qazzofiyning samolyoti sakkiz yildan so‘ng mamlakatga qaytarildi. U bu vaqt davomida texnik xizmat ko‘rsatishda bo‘ldi, deb yozadi Libya Observer nashri.
Airbus (A340-213) samolyoti 2012 yil avgustdan buyon Fransiyada edi, qaytarishdan oldin esa Turkiyaga jo‘natildi – bu yerda texnik xizmat ko‘rsatishning yakuniy bosqichi amalga oshirildi.
Layner 20 iyun kuni Liviyaga qaytarildi. Mamlakat bosh vaziri Abdulhamid Bdeybaning so‘zlariga ko‘ra, Qazzofiy hukumati ag‘darilganidan so‘ng Fransiya moliyaviy va ma'muriy muammolarni ro‘kach qilib, samolyotni olib qo‘ygan. Endilikda Liviya hukumati texnik xizmat haqini to‘liq to‘lagan.
Dbeyba samolyotning qaytarilishi Liviya suvereniteti uchun muhimligini ta'kidladi hamda yana 15ta musodara qilingan kemani ham qaytarishga va'da berdi.
Mavzuga oid
10:33 / 28.02.2026
Boliviyada samolyot qulashi oqibatida 15 kishi halok bo‘ldi
07:23 / 23.02.2026
Honda o‘zining birinchi xususiy samolyotini taqdim qildi: u mustaqil ravishda qo‘na oladi
20:42 / 21.02.2026
AQSh harbiy samolyotlari Yevropa va Arabistondagi bazalar orasida muntazam qatnamoqda – OAV
08:22 / 20.02.2026