Jahon | 18:07 / 25.06.2021
25398
5 daqiqa o‘qiladi

Foto: Chexiyadagi tornado oqibatlari

Chexiya janubi-sharqida, Slovakiya va Avstriya bilan chegaralar yaqinida kuchli tornado bir qancha aholi punktlarida katta hududlarni vayron qildi. Xabar qilishlaricha, kamida 200 kishi jarohatlanib, bir necha kishi halok bo‘lgan.

Janubiy Moraviya o‘lkasi, Mikulchitse / Martin Divisek / EPA / Scanpix / LETA

Qutqaruvchilar jabrlanganlarga birinchi tez tibbiy yordamni ko‘rsatishgan va vayronalar ostidan odamlarni qidirishmoqda.

Tabiiy ofat ro‘y bergan hududlarda favqulodda holat rejimi joriy etilgan.

Tez yordam xizmati xodimi Gedvika Kropachkovaning jurnalistlarga ma'lum qilishicha, tezligi soatiga 267-322 km.gacha yetgan kuchli shamol Godonin shahrining bir qismini va uning atrofidagi qishloqlarni - Lujitse, Grushki, Moravska Nova Ves va Mikulchitseni yer bilan bitta qilgan. 

«Afsuski, biz qurbonlar borligini tasdiqlaymiz, ammo men sizlarga aniq raqamni ayta olmayman», deya Kropachkovaning so‘zlarini keltiradi «Frans press» agentligi. U qurbonlar orasida bolalar ham bo‘lishi mumkinligini istisno etmagan.

Godonin shahridagi shifoxona direktori mahalliy televideniyega bergan intervyusida bir kishi o‘limi haqida xabar bergan. Shifoxonaga turli darajadagi jarohatlar bilan o‘nlab kishilar yotqizilgan.

Chex televideniyesi favqulodda xizmatlardagi manbasiga tayangan holda tornado hududlar infratuzilmasiga jiddiy talafot keltirgani haqida ma'lum qilgan.

Guvohlar tomonidan ijtimoiy tarmoqlarga joylashtirilgan videokadrlardan ko‘rish mumkinki, jiddiy jabrlangan hududlar bombardimondan keyingi holatni yodga soladi.

Grushki qishlog‘idagi uylarning yarmi butkul vayron bo‘lgan. Lidove Noviny nashri mahalliy amaldorga asoslanib yozishicha, qishloq uylarining tomi uchib ketgan, shamol avtomobillarni ag‘dargan va daraxtlarni ildizidan qo‘porib tashlagan. Binolar ustiga 10 santimetrgacha bo‘lgan do‘l yog‘gan.

Tabiiy ofatdan jabrlangan aholi punktlari yaqinidan o‘tgan Praga - Bratislava avtomagistralida daraxtlar yo‘llarga qulashi tufayli 50 km.dan ortiqroq masofada tirbandliklar kuzatilmoqda.

Chexiyadagi uylarning 120 mingdan ortig‘i elektr tokisiz qolgan.

Talafot oqibatlarini bartaraf etishda chexiyalik qutqaruvchilarga harbiylar, shuningdek, Avstriya va Slovakiyadan madad kuchlari yordamga kelgan. Chexiya ichki ishlar vaziri Yan Gamachek tvitterdagi sahifasida vazirlik butun mamlakat bo‘ylab qutqaruvchilar bo‘linmalarini yo‘llaganini ma'lum qilgan.

Hukumat jabrlanuvchilarga 2,7 ming dollar miqdoridagi dastlabki tovon pulini taklif qilmoqda - hukumat 420 million krona ajratgan. Jabrlanuvchilarga keyinroq ham yordam beriladi. 

Foto: EPA/Vostock-photo
Mikulchitse / Martin Divisek / EPA / Scanpix / LETA
Moravska-Nova-Ves / Martin Divisek / EPA / Scanpix / LETA

Chexiyaga tornado qayerdan keldi?
Ben Rich, BBC meteorologi

Ko‘hna qit'a uchun ham aslida odamlar o‘ylagani kabi noyob tabiat hodisasi emas: qit'ada bir yilda yuzga yaqin shunday tabiiy ofatlar ro‘y berib turadi. Aniq raqamlar berishning imkoni yo‘q, ayrim hollarda bunday hodisalarni shahar va qishloqlardan olisda ro‘y bergani uchun sezmay ham qolishadi.

Tornado sayyoraning barcha qit'alari uchun begona emas, Antarktika istisno - lekin u yerda ham nazariy jihatdan ro‘y berishi mumkin.

Ammo bunday tabiat hodisalari eng ko‘p AQSh hududida kuzatiladi - u yerda yiliga o‘rtacha mingdan ortiq tornado ro‘y beradi. Amerika tornadolari eng vayronkori hamdir.

Bunday tabiiy ofat yuzaga kelishi uchun ideal sharoit - tog‘li landshaft va Meksika ko‘rfazining nam va iliq iqlimiga yaqinlikdir. Bunday sharoitda momaqaldiroqli bulutlar yuzaga keladi. Ulardan esa tornado yaraladi.

Moravska-Nova-Ves, 25 iyun / Martin Divisek / EPA / Scanpix / LETA
Foto: Zuma/TASS

Moravska-Nova-Ves / David W Cerny / Reuters / Scanpix / LETA
Mikulchitse / Martin Divisek / EPA / Scanpix / LETA
Mikulchitseda tornado oqibatlari, Janubiy Moraviya o‘lkasi
Martin Divisek / EPA / Scanpix / LETA
Foto: EPA/Vostock-photo
Foto: EPA/Vostock-photo
Foto: EPA/Vostock-photo
Foto: EPA/Vostock-photo
Азиз Қаршиев
Tayyorlagan Азиз Қаршиев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid