Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qashqadaryoda yuk mashinasi bilan to‘qnashgan «Nexia» haydovchisi vafot etdi
Qashqadaryo viloyati Muborak tumanida «Nexia» yuk mashinasiga urilib, ag‘darilgan. Oqibatda uning haydovchisi vafot etgan. Bu haqda viloyat IIB axborot xizmati Kun.uz’ga xabar berdi.
Ma'lum qilinishicha, 7 iyul kuni soat 6:30larda A380 G‘uzor–Buxoro–Nukus yo‘lining Muborak tumani hududidan o‘tuvchi 116-kilometrida odam o‘limi bilan bog‘liq yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘lgan. Qarshi shahriga qarab harakatlanib borayotgan «Nexia» boshqaruvni yo‘qotib, ag‘darilgan. So‘ng mashina surilib borib, yuk mashinasi g‘ildiragiga urilgan. Oqibatda «Nexia» haydovchisi og‘ir tan jarohatlari olib, vafot etgan.
Dastlabki surishtiruvda aniqlanishicha, «Nexia» mashinasi haydovchisining boshqaruvni yo‘qotishiga yo‘l nosozligi sabab bo‘lgan.
Mavzuga oid
11:33 / 16.05.2026
Samarqanddagi YTHda ikkita yuk mashinasi yonib ketdi
11:00 / 16.05.2026
Chilonzorda Tracker piyodani urib yubordi
00:40 / 16.05.2026
Olmaliqda mototsiklchi 14 yoshli piyodani urib yubordi
16:48 / 15.05.2026