Qaşqadaryo viloyati Kitob tumanida sodir bölgan yöl-transport hodisasida velosipedda ketayotgan bobo va nabira vafot etgan. Bu haqda viloyat IIB YHXB xabar bermoqda.

Ma'lum qilinişiça, joriy yil 23 iyun kuni soat 17:30larda Kitob tumanidan ötuvçi 4K 271 avtomobil yölining 9-kilometrida odam ölimi bilan boğliq yöl-transport hodisasi röy bergan.

Mazkur yölda harakatlanib kelayotgan «Nexia» haydovçisi ehtiyotsizlik qilib velosipedda ketayotgan şaxs va uning nabirasini urib yuborgan. Oqibatda, bobo va uning voyaga yetmagan nabirasi oğir tan jarohatlari olib şifoxonada vafot etgan.

Qayd etilişiça, mazkur hodisa yuzasidan Kitob tumani IIB tergov bölimi tomonidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi 3-qismi «a» bandi bilan jinoiy iş qözğatilgan. Hozirda tergov-suriştiruv işlari olib borilmoqda.