Jahon | 15:02 / 08.07.2021
4990
2 daqiqa o‘qiladi

Tokioda yana favqulodda vaziyat rejimi joriy etiladi

7 iyul kuni Tokioda koronavirus yuqtirish bilan bog‘liq 920ta holat qayd etilgan. Tokioda oxirgi marta sutka davomida 900dan ortiq holat 13 mayda aniqlangandi.

Foto: AP Photo/Kiichiro Sato

Koronavirus infeksiyasi sababli Yaponiya hukumati Tokioda 12 iyuldan 22 avgustgacha favqulodda vaziyat rejimini joriy etadi. Bu haqda mamlakat iqtisodiyotni tiklash vaziri Yasutosi Nisimura ma'lum qildi.

«Tokioda kasallik yuqtirish holatlari saqlanib qolmoqda, shu bilan birga, «delta» shtammi tarqalmoqda. Infeksiya tarqalishini to‘xtatish va sog‘liqni saqlash tizimini himoya qilish uchun 12 iyuldan 22 avgustgacha favqulodda vaziyat rejimini joriy etamiz», dedi u.

Nisimura shuningdek, Okinava prefekturasida ham ushbu rejim joriy etilishini aytdi. Bundan tashqari, Tiba, Saytama va Kanagava prefekturalari, Osakada kuchaytirilgan choralar 22 avgustgacha davom etadi.

Tokioda 20 iyungacha favqulodda vaziyat rejimi amal qilgan, so‘ngra 11 iyulgacha kuchaytirilgan choralar rejimi kiritilgandi. 

Yaponiya sog‘liqni saqlash vazirligining ma'lumotlariga ko‘ra, 7 iyul kuni Tokioda koronavirus yuqtirish bilan bog‘liq 920ta holat qayd etilgan. Tokioda oxirgi marta sutka davomida 900dan ortiq holat 13 mayda aniqlangandi.

Eslatib o‘tamiz, Tokioda 23 iyuldan 8 avgustgacha yozgi Olimpiada o‘yinlari bo‘lib o‘tadi.

 

Дилшод Аскаров
Tayyorlagan Дилшод Аскаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid