Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yevrokomissiya Germaniyadagi avtokonsernlarni 875 mln yevro jarimaga tortdi
Bu kompaniyalar bozordagi narxlar borasida avvaldan kelishib olganiga iqror bo‘lgan.
Yevrokomissiya Germaniyadagi yirik avtomobil ishlab chiqaruvchilar – BMW, Daimler, Volkswagen, Audi, Porsche kompaniyalariga 875 mln yevro jarima soldi. Bu haqda Yevrokomissiya saytida xabar qilindi.
«Yevrokomissiya dizel yengil avtomobillar uchun chiqindilarni tozalash texnologiyalari sohasida kartel kelishuviga yo‘l qo‘ygani uchun beshta avtomobil ishlab chiqaruvchini jami 875 mln yevro jarimaga tortishga qaror qildi», – dedi Yevrokomissiya rahbari o‘rinbosari Margrete Vestager.
Uning so‘zlariga ko‘ra, beshala kompaniya ham bozordagi narxlar borasida avvaldan kelishib olganiga iqror bo‘lgan va hozirda bu masalani muvofiqlashtirishda ishtirok etmoqda.
Qayd etilishicha, kompaniyalar kelishuvi haqida Yevrokomissiyaga birinchi bo‘lib Daimler ma'lumot bergan.
OAV bundan to‘rt yil avval nemis avtokonsernlari o‘zaro kelishuvda gumon qilinayotganini yozgandi. Volkswagen, Audi, Porsche, BMW va Daimler bir necha o‘n yil davomida maxfiy yig‘ilishlar o‘tkazib kelgan.
Mavzuga oid
14:24 / 11.03.2026
Yevrokomissiya rahbari: atom energiyasidan voz kechish - “strategik xato”
11:21 / 28.02.2026
Yevrokomissiya YeI-Merkosur kelishuvini vaqtincha qo‘llaydi
10:09 / 24.02.2026
JB: Ukrainani tiklash uchun 588 mlrd dollar kerak bo‘ladi
10:15 / 13.02.2026