Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
G20 mamlakatlari moliya vazirlari global soliq to‘g‘risidagi kelishuvni imzoladi
Hujjat transmilliy kompaniyalar uchun 15 foiz miqdoridagi minimal soliq stavkasi o‘rnatilishini ko‘zda tutadi.
G20 mamlakatlari moliya vazirlari tashkilotning Venetsiyada bo‘lib o‘tgan sammitida global soliq to‘g‘risidagi kelishuvni imzoladi. Bu haqda Politico xabar bermoqda.
Hujjat shuningdek, 130 mamlakat vakillari tomonidan ma'qullangan va transmilliy kompaniyalar uchun 15 foiz miqdoridagi minimal soliq stavkasi o‘rnatilishini ko‘zda tutadi.
Qayd etilishicha, kelishuv xalqaro korporatsiyalarning soliq to‘lashdan qochish uchun o‘z aktivlarini xorijga o‘tkazishiga xalaqit beradi.
G20 mamlakatlari moliya vazirlari ushbu kelishuvni tarixiy deb atadi. Ularning fikricha, mazkur islohot xalqaro soliq tuzilmasini yanada barqaror va adolatli qiladi.
Hujjatning yakuniy tahriri oktyabrda Rimda bo‘lib o‘tadigan sammitda "Katta yigirmatalik" yetakchilari tomonidan ma'qullanishi lozim.
Mavzuga oid
12:21 / 21.11.2025
G20 JARda: sammit Tramp, Si va Putinsiz start olmoqda
20:58 / 13.11.2025
Tramp va Putin ortidan Si ham G20 sammitiga borishdan bosh tortdi
12:24 / 08.11.2025
Tramp JARdagi G20 sammitiga boykot bilan tahdid qilmoqda
09:10 / 20.11.2024