Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Germaniyada suv toshqinlaridan so‘ng 60 kishi bedarak yo‘qoldi
Kuchli va davomli yomg‘ir yog‘ishi natijasida oltita uy qulab tushgan, yana bir nechta bino qulash xavfi ostida.
Germaniya g‘arbida yuz bergan suv toshqinlari oqibatida olti kishi halok bo‘ldi va 60ga yaqin kishi bedarak yo‘qoldi. Bu haqda Deutsche Welle xabar bermoqda.
Xabarda aytilishicha, hukumat favqulodda holat rejimini e'lon qilgan.
Politsiya xabariga ko‘ra, Arvayler rayonida to‘rt kishi halok bo‘lgan. Yana bir kishi Una rayonida yerto‘ladan jonsiz holda topilgan.
Kuchli va davomli yomg‘ir yog‘ishi natijasida oltita uy qulab tushgan, yana bir nechta bino qulash xavfi ostida.
Hof shahrida suv uylarning birinchi qavatiga toshib kirgan, kuchli shamol daraxtlarni ag‘darib, elektr simlarini uzib yuborgan. Sinoptiklarning ma'lumotlariga ko‘ra, shaharda 12 soat ichida bir kvadrat metr maydonga 80 litr yomg‘ir yog‘gan.
Suv toshqinlari shuningdek, Niderlandiya va Belgiyada ham sodir bo‘ldi.
Mavzuga oid
12:04
O‘zbekiston va Germaniya birinchi xonimlari inklyuziv ta’lim masalalarini muhokama qildi
21:45 / 17.06.2026
Audi yangi avlod A6 Allroad’ni taqdim etdi
20:04 / 17.06.2026
O‘zbekiston va Germaniya prezidentlari bir qator iqtisodiy loyihalarni ishga tushirdi
10:05 / 17.06.2026